Yetakchilar Kengashi faollari haqida ma’lumot
Yangilangan sana: 8 Apr 2025, 10:35
Markaziy bank tizimida jami faoliyat yuritayotgan yoshlar soni 270 nafarni ushbu yoshlardan yosh oilalar soni esa 115 nafarni, birinchi marta ishga qabul qilingan yoshlar soni esa 40 nafardan ortiqni tashkil etadi.Markaziy bank tizimida ishlayotgan yoshlardan 2 nafari “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati. Xorijiy davlatlarning nufuzli oliygohlarida 2016-2019 yillarda Xalqaro valyuta fondi (IMF) va Yaponiya xukumati tomonidan tashkil etilgan magistratura yo‘nalishida 18 nafar, 2017-2019 yillarda Xalqaro valyuta fondi (IMF) tashabbusi bilan tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarida 132 nafar, 2019 yil davomida Rossiya Federatsiyasi va MDH davlatlari markaziy banklari tomonidan tashkil etilgan o‘quv-seminarlarda 33 nafar yosh mutaxasssislar o‘zlarining bilim va tajribalarini oshirdilar.
Iste’dodli va iqtidorli yoshlar to‘g‘risida ma’lumot: 2019-2020 yillarda Yaponiya Xalqaro universitetiga (IUJ) 1 nafar, Yaponiya siyosiy fanlar insitutiga (GRIPS) 2 nafar, Buyuk Britaniya hukumatining Stratklayd universitetiga (University of Stratclayd) 2 nafar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi akademiyasiga 4 nafar, Bank-moliya akademiyasiga 6 nafar yosh mutaxassislar magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilindi.
Markaziy bank tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlarning xorijiy tillarni o‘zlashtirish bo‘yicha erishgan yutuqlari: yosh mutaxassislarning 68% ingliz tilini “SEFR” bo‘yicha B1 (intermediate) darajasida biladilar hamda ularni o‘z ustilarida yanada ko‘proq shug‘ullanishlari uchun malakali mutaxasislar ishtirokida “Speaking club” o‘quv kurslari o‘tkazib kelinmoqda.
Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish: Markaziy bank yoshlarining ishdan tashqari bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazishlarini tashkil etish maqsadida, kichik sport zali faoliyati, shuningdek, “Suv sport saroyi” suzish havzasi, “Buka fit” va “Shexov sport” sport zaliga imtiyozli abonomentlar xarid qilinishi yo‘lga qo‘yilgan. Xodimlar o‘rtasida “Sport xaftaligi” sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.
Markaziy bankda faoliyat olib borayotgan yoshlarning taklif va murojaatlaridan kelib chiqqan holda 2021 yil may oyida Buxoro viloyatiga sayohat uyushtirildi hamda kelgusida yurtimizning boshqa hududlaridagi tarixiy shaharlariga sayyohatlar uyushtirish rejasi ishlab chiqildi.