Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Ochiq ma’lumotlar

Yangilangan sana: 27 Dek 2023, 15:20

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2015 yil 7 avgustdagi «Ochiq ma’lumotlar taqdim etilishi hisobga olingan holda internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 232-sonli qaroriga asosan:

Ochiq ma’lumotlar – internet tarmog‘ida ma’lumotlar massivi formatida joylashtirilgan, inson tomonidan oldindan o‘zgartirish kiritilmasdan (mashina o‘qiydigan) foydalaniladigan va avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berilishini ta’minlaydigan hamda erkin (bepul) foydalaniladigan davlat va mahalliy o‘zini-o‘zi idora qilish organlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlardir.

Saytning mazkur bobida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ochiq ma’lumotlari nashr etilgan. Ochiq ma’lumotlar to‘plami bo‘yicha taklif va mulohazalarni info@cbu.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

Ochiq ma’lumotlar ro‘yxati


O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 may, O‘RQ-369-sonli «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatining ochiqligini ta’minlash usullari:

  • Markaziy bank faoliyati to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilish (chop etish);
  • Markaziy bank faoliyati to‘g‘risidagi axborotni Markaziy bankning rasmiy veb-saytida joylashtirish va yangilab borish;
  • Markaziy bank faoliyati to‘g‘risidagi axborotni hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalarga va joylarga joylashtirish hamda yangilab borish;
  • Markaziy bank faoliyati to‘g‘risidagi axborotni axborot-kutubxona va arxiv fondlari orqali taqdim etish;
  • Markaziy bank ochiq hay’at majlislarida axborotdan foydalanuvchilarning hozir bo‘lishi uchun sharoitlar yaratish;
  • axborotdan foydalanuvchilarning so‘rovi asosida ularga Markaziy bank faoliyati to‘g‘risida og‘zaki va yozma shaklda (shu jumladan elektron hujjat shaklida) axborot taqdim etish.

Markaziy bank faoliyatining ochiqligi ko‘rsatkichlari




USD = 12855.93
+11.93
EUR = 13570.72
+20.3
RUB = 128.16
-0.14
GBP = 16287.18
+67.78
JPY = 82.54
-0.99
CHF = 14518.27
-17.72
CNY = 1774.01
+0.76
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X