Markaziy bank Raisining 2020 yil 5 martda asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan Boshqaruv yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanidagi MA’RUZASI
Inflyatsion targetlash sharoitida biz asosiy stavkani belgilashda, eng avvalo, inflyatsiya darajasining joriy va kutilayotgan dinamikasi, ichki va tashqi makroiqtisodiy sharoitlardan kelib chiqishimizni avvalgi uchrashuvlarimizda qayd etgan edik.