Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

To‘lov hujjatlari

Yangilangan sana: 7 Mar 2022, 15:51

O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonunining 33-moddasiga asosan to‘lov hujjati qog‘ozda tuzilgan yoki elektron shaklda shakllantirilgan hujjat bo‘lib, to‘lov uning asosida yoki yordamida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lovlarni amalga oshirishda quyidagi to‘lov hujjatlaridan foydalaniladi:

to‘lov topshiriqnomasi;

to‘lov talabnomasi;

inkasso topshiriqnomasi;

memorial order;

akkreditivga ariza;

kirim va chiqim kassa to‘lov hujjatlari.

To‘lov hujjatlarining shakllari, majburiy rekvizitlari va ularning mazmuniga doir boshqa talablar, elektron to‘lov vositalaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

Shunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizom yangi tahrirda ishlab chiqilgan holda Adliya vazirligida 2020 yilning 13 aprelida 3229-son bilan davlat ro‘yxatiga olindi.

Unga ko‘ra, memorial order - banklar tomonidan foydalaniladigan naqd pulsiz to‘lov hujjati bo‘lib, undan quyidagi hollarda foydalaniladi:

mijozlar bilan bog‘liq bank operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarda;

bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hisob-kitoblarda;

banklarning ichki operatsiyalarida;

to‘lov hujjatlari bo‘yicha qisman to‘lov amalga oshirilganda;

ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshirilganda;

mijozning qarzdorlik mablag‘larini qoplashda, agar ushbu talab bank bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yilgan bo‘lsa;

buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda;

jismoniy shaxslarning (yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) yozma murojaati bo‘yicha mablag‘larni naqd pulsiz shaklda o‘tkazishni amalga oshirishda, bunda to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, mazkur murojaat memorial order bilan birga bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;

mijozlar bilan tuziladigan shartnomalarda nazarda tutilgan boshqa hollarda.

To‘lov topshiriqnomasi - mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka
o‘z hisobvarag‘idan topshiriqnomada belgilangan summani mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i nazarda tutilgan to‘lov hujjatidir.

To‘lov talabnomasi - mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘idan unda ko‘rsatilgan summani to‘lash to‘g‘risidagi mablag‘larni oluvchining talabi nazarda tutilgan to‘lov hujjati hisoblanadi.

Inkasso topshiriqnomasi - unda ko‘rsatilgan mablag‘larni to‘lovchining banki hisobvarag‘idan so‘zsiz ravishda hisobdan chiqarish bo‘yicha mablag‘larni oluvchining topshirig‘i nazarda tutilgan to‘lov hujjati.

Akkreditivga ariza - mablag‘larni to‘lovchi tomonidan shartnomada ko‘rsatilgan summani oluvchining akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblar uchun ochilgan bank hisobvarag‘iga o‘tkazishida qo‘llaniladigan to‘lov hujjati.

Рисунок4.jpg

Рисунок5.jpg

pdf 33.9 КБ
Markaziy bankning banklararo to'lov tizimi orqali amalga oshirilgan hisob-kitoblarda qo'llanilgan to'lov hujjatlari bo'yicha 2003-2021 yillar uchun tahliliy ma'lumot



USD = 12855.93
+11.93
EUR = 13570.72
+20.3
RUB = 128.16
-0.14
GBP = 16287.18
+67.78
JPY = 82.54
-0.99
CHF = 14518.27
-17.72
CNY = 1774.01
+0.76
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X