Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
11331

Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi

Yangilangan sana: 7 Mar 2023, 12:18

Markaziy bankning Banklararo to‘lov tizimi mamlakatimizning mustaqillikdan keyingi dastlabki to‘lov tizimi sifatida barcha to‘lov tizimlari ishlashi uchun poydevor hisoblanadi.

Xozirgi kunda Markaziy bankning Banklararo to‘lov tizimida to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida 31 ta tijorat banki to‘lov tizimi foydalanuvchilari sifatida ulangan.

Mazkur to‘lov tizimida to‘lovlar real vaqt rejimida yalpi hisob-kitob tamoyili asosida, ya’ni to‘lov hujjati kelib tushgan vaqtdan boshlab bir necha soniyalar ichida to‘lov amalga oshiriladi hamda natijasi haqida tashabbuskor va benefitsiarga xabar yuboriladi.

Banklararo to‘lov tizimining qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.

Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi qo‘yidagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi:

  • O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni (11.11.2019 y., O‘RQ-582);
  • O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (05.11.2019 y., O‘RQ-580);
  • O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonuni (01.11.2019 y., № O‘RQ-578);
  • “Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (14.02.2006 y., № 1545);
  • “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizom (13.04.2020 y., № 3229).

Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh markazi va Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazi banklararo to‘lov tizimining ishtirokchilari hisoblanadi. Banklararo to‘lov tizimining foydalanuvchilari Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazida vakillik hisobvarag‘iga ega bo‘lgan banklar va moliyaviy institutlar hisoblanadi.

Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazi (MB HKM) — uning vazifasiga tijorat banklarining Bosh ofislariga (banklar) vakillik hisobvaraqlarini ochish va xizmat ko‘rsatish hamda ular o‘rtasida elektron to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash kiradi.

Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh markazi (ABM) — amaldagi qonunchilik hamda ABM va banklar o‘rtasidagi shartnomalarga muvofiq banklararo to‘lov tizimining texnik, dasturiy va ekspluatatsion xizmatlarini ta’minlaydigan markaz.

Banklararo to‘lov tizimining ishtirokchilari va foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish va xizmat ko‘rsatish uchun foydalanuvchi banklarning MB HKM bilan, banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlar o‘tkazish uchun esa — ABM bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnoma asosida tartibga solinadi.

To‘lovlar banklardan faqatgina vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldig‘i doirasida amalga oshiriladi, agarda MB HKM va bank o‘rtasidagi shartnomada boshqa holat kelishilmagan bo‘lsa.

Soat 9-00 dan 17-00 gacha — banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha elektron to‘lov hujjatlar (ETH)ni uzatish - qabul qilish - nazorat qilish vaqti. Banklar mazkur davrning har qanday vaqtida MB HKMga ETHlarni uzatishlari mumkin;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kreditni boshqarish xususiyat (parametr)laridan kelib chiqqan holda, banklararo ETHlarining o‘tkazish vaqtini to‘lov tizimi masalalarini nazorat qiluvchi rais o‘rinbosarining yozma farmoyishiga asosan uzaytirishi mumkin. Bu haqda tizim qatnashchilari va foydalanuvchilari ETHga ishlov berish vaqtining tugashiga bir soat qolguniga qadar kechiktirilmasdan xabardor qilinadi.

Рисунок1.jpg

Рисунок2.jpg

xlsx 56.4 КБ
2020-2022-yillarda Markaziy bankning Anor tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar to`g`risida banklar kesimida ma`lumot


USD = 12855.93
+11.93
EUR = 13570.72
+20.3
RUB = 128.16
-0.14
GBP = 16287.18
+67.78
JPY = 82.54
-0.99
CHF = 14518.27
-17.72
CNY = 1774.01
+0.76
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X