Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari tahlili

Yangilangan sana: 13 Apr 2024, 17:49

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash

2024 yilning I choragi davomida Markaziy bank respublika apparatiga jami
1 318 murojaat kelib tushgan bo‘lib, uning 276 tasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, 519 tasini Markaziy bankka to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda boshqa vazirlik va idoralar orqali kelib tushgan yozma murojaatlar, 63 tasini Markaziy bank elektron pochtasi, 460 tasini Markaziy bank rahbariyati va mas’ul xodimlarining shaxsiy va sayyor qabullari hamda “Ishonch telefoni” orqali bildirilgan og‘zaki murojaatlar tashkil etdi.

2024 yilning I choragi davomida Markaziy bank tizimida murojaatlar bilan ishlash O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida tashkil etildi.

Hisobot davrida murojaatlarning 489 tasi (37,1%) qanoatlantirildi, 643 tasiga (48,8%) tushuntirish berildi, 36 tasi (2,7%) tegishliligi bo‘yicha boshqa vazirlik va idoralarga yuborildi, 149 tasi (11,3%) o‘rganish jarayonida hamda 1 ta murojaat anonim deb topildi.

Mazkur masala har chorakda Markaziy bank boshqaruvi majlislarida va har haftada Markaziy bank raisi huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda tanqidiy muhokama qilinib, murojaatchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni amaldagi qonunchilikka muvofiq joyida hal qilish hamda xodimlarning kasbiy malakalari va shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib borildi.

Murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash bilan birga, bank xizmatlaridan foydalanishda yuzaga kelayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish Markaziy bankning ushbu sohadagi faoliyatining asosiy mezonlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek, hisobot yilida aholini qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganib hal qilish maqsadida olis va chekka hamda aholi zich yashaydigan hududlarda Markaziy bank rahbariyati tomonidan sayyor qabullar tashkil etildi. Bunda, murojaatchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni joyida, xolis va tezkor hal etish hamda qabullarning natijadorligi va aholining roziligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, hisobot yilida Markaziy bank raisi o‘rinbosarlari tomonidan hududlarda tashkil etilgan sayyor qabullar davomida 344 nafar fuqaro va yuridik shaxslardan murojaatlar qabul qilinib, uning 168 tasi ijobiy hal etildi
(67,2 mlrd. so‘m va 50,1 ming $ miqdorida kreditlar ajratilgan), 117 tasi bo‘yicha tushuntirishlar berildi va 59 tasi yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Markaziy bank moliyaviy xizmatlar iste’molchilari bilan aloqalarni zamonaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda ularga qulay bo‘lgan usullarda tashkil etmoqda.

 

 

 

2023-2024 yillarning I choragi davomida Markaziy bankka jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar tarkibi

 

Murojaat masalasi

Murojaatlar

soni

ulushi,
%da

1

Bank kreditlari va kredit operatsiyalari

787

59,7

2

Bank hisobraqamlarini ochish, to‘lov tizimi va naqd pulsiz hisob -kitoblar masalasida

235

17,8

3

Bank xodimlarining xatti-harakatlari masalasida

77

5,8

4

Bank faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar olish va takliflar

52

3,9

5

Bank kartalari, terminallar va bankomatlar masalasida

47

3,6

6

Valyutani tartibga solish va nazorat qilish masalasida

27

2,0

7

Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari

25

1,9

8

Ish masalasida

25

1,9

9

Nafaqa pullarini olish masalasida

9

0,7

10

Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish va tugatish masalasida

8

0,6

11

Boshqa masalalar

26

2,1

Jami

1 318

100,0

 

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan murojaatlar tahlili asosida tizimli muammo va kamchiliklar aniqlangan taqdirda, amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan kredit tashkilotlarining faoliyatiga qo‘yilgan talablar takomillashtirib borilmoqda.

 



USD = 12855.93
+11.93
EUR = 13570.72
+20.3
RUB = 128.16
-0.14
GBP = 16287.18
+67.78
JPY = 82.54
-0.99
CHF = 14518.27
-17.72
CNY = 1774.01
+0.76
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X