Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
7828

Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish

Moliyaviy xizmatlar bozorining samarali, barqaror va haqqoniy faoliyat yuritishi uchun moliyaviy institutlar professional me’yor va etikaga ega bo‘lishi, moliyaviy bozorni regulyator tomonidan samarali nazorat qilinishi va tartibga solinishi, moliyaviy xizmatlardan foydalana olinishi va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilinishi hamda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish imkoniyati kabi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan komponentlarning mavjudligini toqazo etadi.

Shu bilan birga, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish nazorat qiluvchi organlarning huquqiy va tartibga soluvchi muhitni samarali shakllantirish faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi PF-5296-son «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash departamenti negizida Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etildi.

Xizmatning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:

  • bank xizmatlari istemolchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash;
  • moliyaviy xizmatlar qulayligini oshirish;
  • aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish bo‘lib hisoblanadi.

Bunda bank xizmatlari deganda tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar tushuniladi. Bank xizmatlari iste’molchilari deganda esa kredit tashkilotlaridan bank xizmatlarini olmoqchi bo‘lgan, olayotgan yoki olib bo‘lgan jismoniy shaxslar (ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar ham) va yuridik shaxslar kiradi.

Xizmat o‘z faoliyati davomida tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan huquq buzilishlari holatlari bilan bog‘liq murojaatlarni ko‘rib chiqib, mazkur huquqbuzarliklarni bartaraf etish va iste’molchilarning huquqlarini tiklash bo‘yicha ishlar olib boradi.

Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish va kuchaytirish maqsadida Jamoat qabulxonalarini tashkil etish rejalashtirilgan. Mazkur Jamoat qabulxonalariga iste’molchilar bank xizmatlari sohasidagi amaldagi qonunchilik normalari yuzasidan maslahat va tushuntirishlar olish maqsadida murojaat etishlari mumkin.

Shuningdek, moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish maqsadida, bank xizmatlari iste’molchilarining manfaatlarini himoya etish va aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash yuzasidan moliya-kredit tizimida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, bank xizmatlarini ko‘rsatish madaniyatini oshirish, mijozlarning talablarini qondirish imkonini beruvchi innovatsion bank xizmatlarini ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.

Markaziy bank bank xizmatlarining sifatini yaxshilash, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish hamda bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilik normalarini takomillashtirish yuzasidan rejali tarzda ishlarni amalga oshirib boradi.

Bank xizmatlari iste’molchilari o‘z huquqlarini buzilishi holatlari yuzasidan Markaziy bankning (0371) 200-00-44 raqamli Ishonch telefoniga yoki Toshkent sh., I.Karimov ko‘chasi, 6-uyga murojaat etishlari mumkin.


USD = 12855.93
+11.93
EUR = 13570.72
+20.3
RUB = 128.16
-0.14
GBP = 16287.18
+67.78
JPY = 82.54
-0.99
CHF = 14518.27
-17.72
CNY = 1774.01
+0.76
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X