2021
Yangilangan sana: 8 Okt 2021, 11:25
Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʼttiz yilligiga
bagʼishlangan oltin va kumush esdalik tangalari
toʼgʼrisidagi maʼlumot
Markaziy bank tomonidan 2021 yilning 30 avgustidan boshlab Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʼttiz yilligiga bagʼishlangan oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalari sotuvga chiqarildi.
Ushbu esdalik tangalarining dizaynlari Oʼzbekiston Badiiy akademiyasining mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqildi.
Sotuvga 2 xil dizayn va oʼlchovga ega boʼlgan jami 400 dona oltin tangalar chiqarilgan boʼlib, ularning 200 donasi 15 gramm va 200 donasi 20 gramm ogʼirlikdagi tangalardir.
Shuningdek, sotuvga ogʼirligi 31,1 grammdan iborat 2 xil dizayndagi jami 2000 dona kumush tangalar chiqarilgan. Barcha esdalik tangalari 999,9 asillik darajasiga ega qimmatbaho metallardan tayyorlangan.
Esdalik tangalarining sotuv narxlari Markaziy bank tomonidan har kuni milliy valyutada belgilanadi va eʼlon qilinadi.
Аlisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bagʼishlangan
oltin esdalik tangalari va suvenirlar toʼplamlari
toʼgʼrisidagi maʼlumot
Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2021 yil 16 martdan boshlab buyuk shoir va mutafakkir Аlisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bagʼishlangan oltindan tayyorlangan esdalik tangalari va suvenirlar toʼplamlarini sotuvga chiqardi.
Sotuvga Аlisher Navoiy siymosi aks ettirilgan 2 xil dizayndagi oltin esdalik tangalari hamda shoirning “Xamsa” asariga kiritilgan dostonlarning qahramonlari aks ettirilgan 5 xil koʼrinishdagi oltin tangalardan iborat suvenirlar toʼplamlari qoʼyilgan.
Sotuvga jami 1200 dona oltin esdalik tangalari qoʼyilgan boʼlib, ulardan 1000 donasi 20 gramm va 200 donasi 31,1 gramm ogʼirlikdagi tangalardir.
Suvenirlar toʼplamlari har biri 20 gramm yoki 31,1 gramm ogʼirlikdagi 5 dona tangadan iborat boʼlib, ularning tiraji cheklanmagan. Esdalik tangalari va suvenirlar toʼplamlari 999,9 asillik darajasiga ega oltindan tayyorlangan.
Esdalik tangalari va suvenir toʼplamlarining sotuv narxlari Markaziy bank tomonidan har kuni milliy valyutada belgilanadi va eʼlon qilinadi.