Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
3080

Korrupsiyaga qarshi kurashish

Yangilangan sana: 5 May 2023, 12:14

Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi 
Mamarizo Berdimuratovich Nurmuratovning
korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha
M U R O J А А T I

“Korrupsiyaga qarshi butun jamoatchilik bilan kurashishimiz zarur”
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat MIRZIYOYEV


Taraqqiyotning yangi bosqichida Oʼzbekiston uchun korrupsiyaning har qanday shakldagi koʼrinishi islohotlar shiddatini va samarasini susaytirishi mumkin boʼlgan illat hisoblanadi.

Darhaqiqat, Davlatimiz rahbarining 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va Oʼzbekiston xalqiga murojaatnomasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha aʼzolari, taʼbir joiz boʼlsa, “halollik vaktsinasi” bilan emlanmas ekan, oʼz oldimizga qoʼygan yuksak marralarga erisha olmaymiz”, deb bejizga taʼkidlanmagan.

Shu sababli, Yangi Oʼzbekistonda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, inson huquqlari va manfaatlarini soʼzsiz taʼminlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlar doirasida barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish muhitini shakllantirish talab etiladi.

Markaziy bank tizimida ham korrupsiyaning oldini olish choralarini koʼrish, uni keltirib chiqarishi mumkin boʼlgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish boʼyicha samarali tizimni shakllantirishga qaratilgan keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Markaziy bank tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tashkil etilganligi, ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʼtkazish, xaridlarni amalga oshirishda korrupsiyaviy xatarlarni aniqlash va bartaraf etish amaliyotlari joriy qilinganligi hamda pul va ichki valyuta bozorlaridagi operatsiyalarning toʼliq bozor mexanizmlari asosida amalga oshirilishi kabi qator amaliy ishlarni keltirib oʼtish mumkin.

Shuningdek, Markaziy bank tavsiyalari asosida bank tizimida aholi va tadbirkorlik subʼektlariga koʼrsatilayotgan bank xizmatlarini raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari shaffofligini taʼminlash va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida yagona elektron platforma orqali onlayn imtiyozli kreditlar ajratish tartibi joriy qilindi. Tijorat banklarining mobil ilovalari orqali omonat, kredit va boshqa bank xizmatlaridan foydalanish koʼlami yildan yilga oshib bormoqda.

Markaziy bank tizimida korrupsiyaning oldini olish choralarini koʼrish, uni keltirib chiqarishi mumkin boʼlgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish borasidagi ishlar kelgusida ham izchillik bilan davom ettiriladi.

Markaziy bank korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish boʼyicha ishlarni samarali tashkil etishda fuqarolarimizning faolligini va tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlaydi.

Markaziy bankning markaziy apparati, uning hududiy bosh boshqarmalari hamda tasarrufidagi korxonalari xodimlarining qonunchilikka zid xatti-harakatlari yoki harakatsizliklarining guvohi boʼlsangiz yoki xodimlarning korruptsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan maʼlumotlarga ega boʼlsangiz, Markaziy bankning (71) 200-00-44 raqamli Ishonch telefoni yoki ushbu aloqa kanallari: telegram bot va rasmiy veb-sayt orqali oʼz murojaatingizni yoʼllashingiz mumkin.

Murojaatingiz qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda koʼrib chiqiladi hamda tasdiqlangan korrupsion holatlar boʼyicha keskin qonuniy choralar koʼriladi.

Oʼz navbatida, Markaziy bank tizimida mehnat qilayotgan har bir rahbar va xodimni korrupsiya holatlarining har qanday koʼrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʼlishga hamda oʼz xizmat vazifalarini halol va xolis bajarishga yana bir bor chaqiraman.


USD = 12855.93
+11.93
EUR = 13570.72
+20.3
RUB = 128.16
-0.14
GBP = 16287.18
+67.78
JPY = 82.54
-0.99
CHF = 14518.27
-17.72
CNY = 1774.01
+0.76
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X