Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bank stipendiyasi

Yangilangan sana: 22 Fev 2020, 00:12

Toshkent shahrida joylashgan Oliy o‘quv yurtlari bank ishi, iqtisodiyot, banklarda buxgalteriya hisobi, makroekonomika, statistika va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriaturaning kunduzgi bo‘limi oxirgi ikki kursida hamda magistraturaning 2-kursida ta’lim olayotgan talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus stipendiyasi tanlov asosida tayinlanadi.

2018/2019 o‘quv yili uchun Markaziy bank stipendiyasi 1 fevraldan boshlab tayinlanadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati - 2019 yil 15 fevralgacha, ko‘rib chiqish va tanlov muddati - 16 fevral -1 mart.

Markaziy bank stipendiyasi har yili, bir o‘quv yili uchun, sentabr oyidan boshlab, belgilanadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati - 2-15 sentabr, ko‘rib chiqish va tanlov muddati - 16 sentabr - 1 oktabr.

Markaziy bank stipendiyasi respublika hududida o‘rnatilgan eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Markaziy bank stipendiyasini tayinlash uchun qo‘yidagi mezonlar belgilanadi:

  • o‘quv jarayonida (so‘nggi semestr natijalariga ko‘ra) yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi;
  • davlat tili, rus tili va bitta xorijiy tilni mukammal bilish talab qilinadi (IELS/TOEFL sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar ingliz tili test sinovidan ozod etiladi);
  • iqtisodiyot va axborot texnologiyalari bo‘yicha xalqaro yoki respublika olimpiadasi g‘olibi yoki sovrindoriga ustuvorlik beriladi.

Markaziy bank stipendiyasiga talabgorlar Markaziy bankning stipendiya@cbu.uz elektron manziliga elektron shaklda quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi (quyidagi havola orqali):

  • nomzodning reyting (sinov) daftarchasi nusxasi;
  • O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlar oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘rnatilgan tartibda fanlarni o‘zlashtirish bali to‘g‘risida ma’lumotnoma;
  • dekanat yoki kafedraning tavsiyanomasi;
  • nomzodning chet tilini o‘zlashtirganligini tasdiqlovchi hujjatlar, ilmiy ishlanmalari, ilmiy konferensiya va seminarlarda ishtirok etgan ma’ruza tezislari va chop etilgan maqolalari (agar mavjud bo‘lsa).

Zarur hollarda hujjatlarning asl nusxalari talab etiladi.

Stipendiatlar o‘z hoxishiga ko‘ra oliy o‘quv yurtlarini bitirganlaridan so‘ng bank tizimiga ishga joylashtiriladi.

Stipendiatlar bakalavriaturani tugatganidan so‘ng, Markaziy bankka ishga kirgan taqdirda, tegishli xalqaro moliya institutlariga tajriba almashish va mutaxassislik bo‘yicha magistratura yoki PhD yo‘nalish bo‘yicha o‘qish uchun xorijga umumiy tanlov asosida yuborilishi mumkin.

Bog‘lanish uchun telefon raqamlari (71) 212-6064, 212-6044.


USD = 12855.93
+11.93
EUR = 13570.72
+20.3
RUB = 128.16
-0.14
GBP = 16287.18
+67.78
JPY = 82.54
-0.99
CHF = 14518.27
-17.72
CNY = 1774.01
+0.76
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X